Suhbatlar samara bersin!

Date:

Ba’mani odamning o‘zi ham, so‘zi ham, suhbati ham ma’nili bo‘ladi. Suhbat asnosida kishilarga ma’naviy-axloqiy tushunchalar berilsa, milliy qadriyatlar, ezgu amallar singdirila borilsa va u natijasini ko‘rsatsa, shunda suhbatdosh ko‘zlagan maqsadiga erishadi.

Bugun barcha sohalarda keng miqyosda tushuntirish, islohotlar ko‘lamini yoyish, aholiga yetkazish kabi masalalar ham ezgu maqsad ila qilinayotir. Bunda uyushtirilayotgan davra suhbatlarining ham ahamiyati katta.  Bundayin davra suhbatlari orqali auditoriyaga kerakli ma’lumotlar berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ham muhim amallardan.

To‘g‘ri, birgina davra suhbati bilan katta natijaga erishib bo‘lmas, biroq ko‘tarilgan masala kimdadir sergaklik uyg‘ota olsa, kimningdir hayotida tub burilish yashga xizmat qilsa, shuning o‘zi kifoya emasmi?

Tajribali, ko‘pni ko‘rgan, sohasining yetuk ishbilarmonlari bilan yoshlarni bir davraga chorlab, suhbatlar tashkil etish, ularning ish tajribasi, fikr-mulohazalari bilan yoshlarga taklif va tavsiyalar berish ham yaxshi samara beradi. Sho‘rchi tumanidagi 9-umumta’lim maktabida jinoyatchilikning oldini olish va 2022/2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalar to‘g’risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi M.Hakimov, tuman ma’naviyat bo‘linmasi mutaxassisi I.Sattarova hamda tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun