Savobli ishlarga bel bog‘lashgan

Date:

Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi koordinatorlari savobli ishlarga bel bog‘lashgan. Boshqarma qoshida “Inklyuziv” kasb-hunar ta’lim markazi o‘z faoliyatini boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmadi.

Ammo, najot istab, hunar sirlarini o‘rganishni niyat qilib kelguvchilar kunda, kun ora kelib, to‘garaklarga yozilishadi. Tikish-bichish deysizmi, munchoqlardan taqinchog‘-u suvenirlar yasashni o‘rganishmi, tasviriy san’at sirlari deysizmi, barchasi o‘z ishining ustalari tomonidan katta g‘amxo‘rlik ostida o‘rgatib kelinayotir. Markazda to‘garak a’zolari mehr qo‘ri bilan yasalgan va tikib-bichilgan mahsulotlar yarmarkasi tez-tez tashkil etib boriladi. Tushgan mablag‘lar esa kerakli anjomlar, homashyolar uchun sarflanadi. To‘garak a’zolari rag‘batlantiriladi.

Kemtik ko‘ngillar vaqtlarini mazmunli o‘tkazadigan, foydali ish bilan shug‘ullanadigan mashg‘ulotlarda allaqachon bir oiladek bo‘lib ketishgan. Otabek Jumayev va Gulhayo Jurayevalar esa bir-birlariga ko‘ngil berib, oila atalmish qo‘rg‘onni qurishni niyat qilishdi. Ezgu niyatlar Termiz shahridagi “O‘zbegim” tantanalar saroyida nikoh oqshomiga ulanib ketdi. Ikki yoshning yaqinlari va do‘stlari jam bo‘lib, eng yaxshi tilaklarni bildirdilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun