Zamonaviy ko‘rinish kasb etdi

Date:

Bolajonlar ko‘zida quvonch, ko‘nglida bir olam hayajon. O‘ynab kulib, shodon tushayotgan raqslarini ko‘rgan ko‘z quvonadi. Bu hayajon va quvonchning sababi ular tarbiya topayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti yangitdan qad rostladi. Barcha shart-sharoitlarga ega, qulay va shinam xonalar bolajonlar uchun shay.


Qumqo‘rg‘on tumani “Joziba” mahallasida investitsiya dasturi asosida yangidan qurilib bitkazilgan ushbu 150 o‘rinli 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Tuman hokimi R.Gapparov, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishar ekan, bu dargohda tarbiya topadigan har bir bolaning kamolini tilab duoga qo‘l ochdilar.


Yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari mavjud bo‘lib, 1986-yil qurilgan avvalgi ta’mirtalab bino ko‘rinishidan tubdan farq qiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 ta tumanga 230 milliard so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va...

Ta’lim  tizimi  taraqqiyot  bosqichida

Yurtimiz, xususan viloyatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy...

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...
KunTun
KunTun