G‘amxo‘rlik…

Date:

Osh tuzi nafaqat taomni mazali qiladi, balki ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega. U organizmda osmotik bosimni normallashtiradi. Qon shaklli elementlarining bir me’yorda saqlanishi va yurak-qon tomir faoliyatining normal ishlashida, suv almashinuvida, oshqozon shirasi paydo bo‘lishida ham muhim ahamiyatga ega.
Bordi-yu organizmda osh tuzi yetishmasa, suyak va mushak to‘qimalarida, ovqat hazm qilish va yurak-qon tomir faoliyatida buzilish kuzatilishi aniq. Asabiylik, silliq mushaklarda tortishish, osteoporoz, anoreksiya (ishtahadan qolish), ruhiy hamda endokrin xastaliklar ham qiynay boshlaydi. Immunitet pasayib, yalqovlik, o‘sish va rivojlanishdan orqada qolish va boshqa shu kabi holatlar kuzatiladi. Inson-ku osh tuziga bo‘lgan ehtiyojini o‘zi qondira olar, ongsiz mavjudodlarchi? Yirtqich hayvonlar go‘sht hisobiga osh tuzi balansini normallashtirishi mumkin. Og‘ilxonalarimizda katta-katta bo‘lakli osh tuzlarini sigir-u qo‘y-qo‘zilar uchun qo‘yib qo‘yilishining sababi ham ayni shundan.


O‘txo‘r hayvonlar, ayniqsa, ko‘k o‘tlar yetishmagan mavsumda osh tuzi o‘rinni qoplatishga qiynalganligi sababli osh tuziga talab insonlar yordamida qondiriladi. Surxon davlat qo‘riqxonasining Xatak bo‘limi qo‘riqlanma zonasi hududida biotexnik tadbir amalga oshirilib, yovvoyi hayvonlar uchun tuz qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun