Bobotog‘liklar shaharga “enishdi”

Date:

Joriy yilning 9-fevralida viloyat hokimi To‘ra Bobolov Uzun tumanidan qariyb 65 kilometr olis hududda joylashgan Bobotog‘ qishlog‘iga sayyor qabulga borgan paytida hududdagi 63-maktabga jam bo‘lgan qishloq ahli o‘quvchilarning Termiz shahriga sayohatga borishlari uchun amaliy ko‘mak so‘rashgandi.

Kuni kecha bobotog‘lik o‘quvchilarning Termizdagi diqqatga sazovor joylarga sayohati uyushtirildi.

— Aslida men Andijonning Jalaqudug‘idan olti oy oldin Bobotog‘ga ishga kelganman. Chekka hududda o‘qib-o‘rganayotgan o‘quvchilar doim biz ham katta shaharga borsak, taraqqiyot epkinlaridan boxabar bo‘lsak, degan maqsad bilan yashayotgandi. Murojaat qilganimga hech qancha vaqt o‘tmasdan, taklifimni qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu sayohatdan bolajonlar nihoyatda xursand. Ko‘rmagan joylarini ko‘rishdi. Bir olam taassurotlar olishdi, — deydi 63-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Ra’no Mahmudova.

Adolat MO‘MINOVA?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun