Azlarsoyda yangi loyiha

Date:

Qumqo‘rg‘on tuman hokimi R.Gapparov, “Termiz Jayxun Klaster” MChJ tasischisi A.Xusanovlar birgalikda Rossiya Federatsiyasining Ivanova shahrida xizmat safarida boʼlib qaytishgan edi. Xizmat safari davomida tumanda to‘qimachilik korxonasini tashkil qilish bo‘icha OOO “Rus-Torg” MChJ bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hamda to‘qimachilik mahsulotlarini 30 million AQSh dollari miqdorida eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolangandi. Ana shu reja bugun amalda bo’y ko’rsatdi. “Azlarsoy” mahallasida yangi yirik loyiha – to‘qimachilik (ip kalavadan to tayyor mahsulotgacha) korxonasi poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi. Loyiha “QUMTEX INVEST” MChJ tomonidan amalga oshiriladigan bo’ldi.
Tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniy otaxonlar bilan ushbu korxonaning qurilishi uchun ramziy ma’noda qoziq qoqildi. Loyihaning umumiy qiymati 52,8 million AQSh dollarni tashkil etadi. Loyiha ishga tushgach, 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun