“O‘zgidromet”ning xabar qilishicha, mart oyi harorat ko‘tarilishi bilan boshlanadi. 1-4-mart kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 4-martga kelib havo kunduzi 20-23° iliqgacha isiydi. Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo kutilmoqda, faqat respublikaning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5-martdan boshlab ob-havo yomonlasha boshlaydi.
Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli shamol esishi va mart oyining birinchi o‘n kunligi uchun me’yorga yaqin qiymatlargacha havo harorati pasayishi mumkin.
Keyinchalik esa oy oxirigacha mart oyiga xos bo‘lgan beqaror ob-havo kutilmoqda. Bahorning birinchi oyi harorat keskin o‘zgarishi bilan tavsiflanadi, bunda tez isish davrlari keskin sovuq davrlar bilan almashadi, ba’zida esa qisqa muddatga yomg‘ir qorga aylanishi va kechasi harorat manfiy qiymatlargaga pasayishi bilan kuzatiladi.
So‘nggi 50 yil ichida 1972- yilning mart oyi eng sovuq bo‘lgan edi, hatto mart oyining uchinchi o‘n kunligida ham harorat kechalari 10-15° sovuqgacha pasaygan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mart oylari iliqlashdi. 2008, 2016, 2018-yillarning mart oyilari barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi. Mart oyining eng iliq kunlarida esa harorat 30-32° iliqgacha, janubda ba’zi joylarda 35-37° iliqgacha ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda mart oyi yilning eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan oyi deb hisoblanadi. Shimoliy hududlar va cho‘l zonasini hisobga olmaganda, mart oyida o‘rtacha 10 kundan 15 kungacha yog‘ingarchilik bo‘ladigan kunlar kuzatiladi.
So‘nggi 10 yil ichida 2013-yil va 2014-yillarning mart oyilari eng ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilgan yillar hisoblanadi. Ushbu yillarda, yomg‘ir qorga aylanishi birinchi o‘n kunlikda tez-tez kuzatilgan, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘lgan va ularning oylik miqdori bir yarim – ikki oylik me’yorgacha yetgan.
F.Rahmonqulova tayyorladi