Bojxonada qanday o‘zgarish bor?

Date:

Termiz shahridagi atbuot uyida «Bojxona organlarida tartib-tamoyillarini yengillashtirishdagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

— Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, bojxona xizmati organlariga davlat rahbarining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi, hukumat qarori yoxud Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida — boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining xodimlari ishga qabul qilinishi mumkin, — deydi viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid Xalbayev. — Shuningdek, qonun bilan bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi. Bojxona organining xodimi esa har ikki yilda emas, balki Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘iga muvofiq malakasini oshiradi.

F.Umidullayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun