Aholi suv kechmaydigan bo‘ldi

Date:

Shahar sharoiti havas qilarli. Rivojlanish, texnika kirib borganiga bir necha yil bo‘lgan, shart-sharoitlar endigina yaratilayotgan olis qishloqlar, tog‘ yonbag‘rlaridagi ovullarda ham insonlar, oilalar yashaydi. Boysun tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan O‘rta Machay mahallasi ham ana shunday olis maskanlardan. O‘rta machayliklar turmush tarzini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ularning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishga xizmat qiladi deyish mumkin.
Mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Machay daryosining qirg‘og‘ida 35 xonadon istiqomat qiladi. Qo‘shni qishloqlarga o‘tish, shaharga yo‘l olish uchun ham daryoni yo kechib, yo aylanib o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Daryoning qisqa o‘zani ustida uzunligi 11 metr, eni 4 metr bo‘lgan ko‘prikning qurilishi ishlari boshlab yuborilgani esa aholiga yanada qulaylik yaratdi.
Ko‘prik qurilishida tuman hokimligi, yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bilan birga o‘rta machayliklar ham birgalikda, birdamlikda, o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun