3,6 milliard so‘mlik tibbiy asbob-uskunalar topshirildi

Date:

Tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib, qaysidir tibbiyot muassasasiga murojaat qilar ekanmiz, birinchi navbatda u yerda ko‘rsatiladigan xizmat va tibbiy asbob-uskunalarning sifatiga e’tibor beramiz. Ayni jihatlar bizni qoniqtirsagina keyingi safar ham ayni shu muassasaga murojaat qilishimiz aniq. Shu ma’noda har bir tibbiy muassasaga baho berishda tibbiy asbob-uskunalarning, mutaxassislar ko‘rsatadigan xizmatning sifati muhim sanaladi.


Xo‘sh, ayni maskanlarda bu boradagi ahvol qay darajada? Tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasichi? Shu jihatlarga qiziqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida bo‘lib, shifokor va hamshiralar hamda tumanlar tibbiyot birlashmalari boshliqlari bilan uchrashdi.


Uchrashuv avvalida 12 ta tumandagi davolash-profilaktika muassasalari uchun 8 turdagi 48 dona, umumiy qiymati 3,6 milliard so‘mlik tibbiy asbob-uskunalar topshirildi va tibbiy asbob-uskunalar ortilgan yuk mashinalari karvoni hududlarga yo‘l oldi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari markaz faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bemorlar bilan suhbatlashdi.


Aytish kerakki, markaz nogironligi bo‘lgan shaxslarning davolanishi, sog‘ligini tiklash, reabilitatsiya qilish va protezlash amaliyotlarini o‘tkazish uchun barcha zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun