Yangi guzar ish boshladi

Date:

Termiz tumanining 4-sektorida joylashgan “Navro‘z” mahallasi og‘ir hudud toifasiga kiritilgan. Bugungidek yurtimizda katta obodonchilik, bunyodkorlik va qurilish ishlari boshlangan bir paytda hududlardagi har bir mahallani obod go‘shaga aylantirish, infratuzilmasini yaxshilash zamon talabidir. Ayni shu maqsadda “Navro‘z” mahallasida qator tadbirlar amalga oshirildi va bu boradagi ishlar qizg‘in tarzda davom etayotir.


Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, odamlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi guzar ish boshladi. Mahalla guzarini kezgan borki, yaratilgan qulaylikdan quvonadi. Guzarda savdo do‘konlari deysizmi, umumiy ovqatlanish nuqtasi-yu, kafe hamda aholining madaniy xordiq chiqarishi uchun mo‘jazgina maydon ham barpo etilgan. Ushbu dam olish maydonida esa rangli va musiqali favvora, bolalar o‘yingohi hamda attraktionlar ham joylashtirilgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun