Sherobodda hujjatli film tasvirga olinmoqda

Date:

Yurtimiz boy va shonli tarixga ega. Albatta, o‘tmish zarvaraqlarida janubiy vohaning-da o‘z o‘rni bor. Uni o‘rganish, keng ommaga ma’lum qilish esa barchamizning qalbimizga bir olam g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mavjlantiradi. Bu borada ilmiy va tarixiy adabiyotlar, OAVning o‘rni va ro‘li katta. Ammo, tasvir va mazmunni uyg‘unlashtirib, tarixni ta’sirchan gavdalantiradigan yana bir vosita bu kinodir. Ana shu jihatni inobatga olgan “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodiy jamoasi tomonidan Sherobod tumanida “Buyuk tarix” turkumidagi 100 qismdan iborat bo‘lgan hujjatli filmni tasvirga olish jarayonlari boshlab yuborilgan.


Aytish kerakki, vatanimizning qadimiy va boy tarixini mahalliy va xalqaro miqyosida keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlar, ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik hamda o‘z xalqi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirishni maqsad qilgan ushbu hujjatli filmning tasvirga olish jarayoni tumanning Kampirtepa, Jarqo‘ton va Sherobod daryosi soylari, shuningdek, bug‘doyzor atrofida amalga oshirilayotir. Ushbu jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniy meros agentligi,

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy ilmiy tadqiqot markazi faoliyatiga oid, shuningdek, qadimiy yozma manbalarni saqlash va buyuk ajdodlarimizning tavallud sanasini keng nishonlashga doir ilgari surilgan buyuk g‘oya va maqsadlardan kelib chiqib tashkil etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun