Sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi

Date:

Har bir kasb-u korning, hunarning o‘z qiyinchiligi va mashaqqati bo‘ladi. Uni sabot bilan yengib, hunar sirlarini o‘rgangan insongina ishiga mehr qo‘yadi. Sartaroshlik ham shunday. Qo‘liga ustara ushlab, mijozning sochlariga ishlov berish, tartibga keltirib, qiyofaga uyg‘un ko‘rinishga keltirish ham bir san’at. Ish yakunlangach esa sartaroshning ko‘ngli ham taskin topsa, yaratgan san’at asaridan mamnun bo‘lsa, ajab emas. Viloyatimizda esa sartaroshlikda “ustoz-shogird” an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yosh sartaroshlarning yetishib chiqayotgani, hunar sirlarini o‘rganib amaliyotda sinab kelishayotgani o‘z natijasini ko‘rsatayotir.


Ayniqsa, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan tanlov va musobaqalar qatoriga ilk marotaba “Erkaklar sartaroshi” tanlovining ham qo‘yilgani endigina yetishib chiqqan yosh sartaroshlarning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Bu tanlov ularning iqtidor va mahoratlarini, hunarlarini nechog‘lik o‘rganganliklarini ko‘rsatib berishi bilan ahamiyatli.
Shu sababdan viloyatimiz bo‘ylab tanlovning sektor bosqichiga start berildi. Qiziriq tumanida ham “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi 18-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida saralash boshlandi.
Jarayon qiziqarli tus oldi. Sartaroshlikda qo‘llari anchayin kelishib qolgan ishtirokchilar qaychini o‘ynatgan holda o‘z mahoratlarini ko‘rsata boshladilar. Ishtirokchilarning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan tanlovning nizom talablari asosida baholandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun