Tabiatga mehr bolalikdan boshlanadi

Date:

“Yosh ekologlar” jamoasi a’zolari maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarning tabiatga mehrini oshirish hamda ekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirini o‘tkazdilar.

Tadbir davomida bolajonlarga tabiatni asrash, daraxt va gullarni parvarish qilish, suvni tejash, chiqindilarni belgilangan joyga tashlash hamda atrof-muhitni ozoda saqlashning ahamiyati sodda va tushunarli misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, tish yuvayotganda suv jo‘mragini yopish, yegulik o‘ramlarini duch kelgan joyga tashlamaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, qushlar va jonivorlarga ozor bermaslik kabi kundalik odatlarning tabiatni muhofaza qilishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda “Yashil makon” umummilliy loyihasining mazmun-mohiyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bolalarga kattalar ko‘magida nihol ekish, uni sug‘orish va parvarish qilish orqali tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mumkinligi tushuntirildi. “Yosh ekologlar” jamoasi a’zolarining ushbu targ‘ibot tadbiri kichkintoylarda ekologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun