Yondashuv imkoniyatlarga mos

Date:

Termiz shahar hokimlogida Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari rivojlanish dasturlarini aholi ehtiyojlari, 2027-yil byudjet takliflari va aniq natijalar bilan bog‘lashga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar BMT Taraqqiyot Dasturi, YUNISEF va «Yuksalish» harakati Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi ko‘magida amalga oshirayotgan qo‘shma loyiha doirasida o‘tkazildi. Tadbirni «Yuksalish» harakati BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda tashkil etdi. Seminar mahalla, tuman hokimligi, mahalliy Kengash, moliya va tarmoq tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining birgalikda ishlashiga qaratildi.

Seminar qo‘shma loyiha doirasida o‘tkazilgan tahlillar, tayyorlangan hududiy dastur loyihalari va o‘quv materiallarini mahalliy boshqaruvning amaliy vazifalariga tatbiq etishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Avvalgi ishlar davomida 12 pilot tuman va shaharda hokimlik, Kengash va mahallalar faoliyati o‘rganilib, hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan. Shu asosda rejalashtirish, byudjet va aholi uchun kutilgan o‘zgarishni birga ko‘rib chiqishga yordam beradigan ishchi hujjatlar tayyorlangan.

Mashg‘ulotlarda mahalliy taklif qaysi strategik maqsadga xizmat qilishi, masala qaysi tashkilot vakolatiga kirishi va har bir tashkilot qanday ish bajarishi muhokama qilindi. Rivojlanish dasturidagi choralarni 2027-yil byudjet takliflari bilan bog‘lash, xarajat va mablag‘ manbasini asoslash, natijalarni ishonchli ma’lumotlar orqali kuzatishga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalliy xizmatlarga oid misollar orqali bajarilgan ish bilan aholi uchun o‘zgarish o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berildi. Masalan, bog‘cha tashkil etish taklifida bino bilan birga xodimlar, jihozlar, suv ta’minoti va bolalarning xavfsiz kelishi uchun sharoitni hisobga olish zarurligi ko‘rib chiqildi. Bolalarning xizmatdan amalda foydalanishi natijani baholashning muhim jihati sifatida muhokama qilindi.

Termiz shahrida rivojlanishni rejalashtirish, byudjet bilan bog‘lash va natijalarni ko‘rib chiqishga doir hujjatlarning mahalliy qarorlar bilan mustahkamlangani tajriba misoli bo‘lib xizmat qildi. Ushbu yondashuvni Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchining o‘z ehtiyoji, vakolati va imkoniyatlariga moslashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Amaliy ishda bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda xizmatdan foydalanishda qiynalayotgan oilalar ehtiyojlarini hisobga olishga e’tibor berildi. Aholi fikrini ixtiyoriy va xavfsiz tarzda eshitish, takliflarni tegishli tashkilotlarga yetkazish va qabul qilingan qarorning sababini tushuntirish usullari muhokama qilindi.

Seminarning yakuniy qismi rahbariyat va mahalliy Kengash ko‘rigiga kiritiladigan takliflar mazmuni hamda keyingi amaliy ishlarni belgilashga bag‘ishlandi. Bunda aholiga foyda, zarur xarajat, mas’ul tashkilot va so‘ralayotgan qarorni aniq ifodalashga urg‘u berildi. Budjetga doir vazifalarni amaldagi muddatlarda bajarish, qolgan aniqlashtirish va takomillashtirish ishlarini esa mas’ullar hamda muddatlar belgilangan reja asosida davom ettirish nazarda tutildi.


Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati

hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jahon kubogidan 15 ta medal bilan!

Toshkent shahrida kikboksing bo‘yicha WAKO Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib...

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining navbatdagi...

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...
KunTun
KunTun