Attestatsiyadan o‘ta olmagan o‘qituvchining malaka toifasi pasaytiriladimi?

Date:

Yo‘q, malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega o‘qituvchining toifasi navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagani uchun pasaytirilmaydi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.

Nizomning 7-bandiga ko‘ra, malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Biroq ular yuqoriroq malaka toifasi yoki ustama olish maqsadida o‘z xohishlariga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishlari mumkin.

Nizomning 44-bandiga muvofiq, bunday attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan pedagogning amaldagi malaka toifasi pasaytirilmaydi va shu toifa bo‘yicha ish haqi saqlanib qoladi.

Demak, umrbod saqlab qolish huquqiga ega pedagog navbatdan tashqari attestatsiyada kutilgan natijaga erisha olmasa ham, avvalgi malaka toifasi va shu toifa bo‘yicha ish haqidan mahrum bo‘lmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun