Oʻzbek tili — milliy oʻzlik va maʼnaviyat timsoli

Date:

Har bir xalqning milliy oʻzligini, boy tarixi va madaniy merosini namoyon etuvchi eng buyuk boyligi bu — uning ona tilisidir. Ona tili shunchaki muloqot vositasi emas, balki ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi, xalqning ruhiyatini va orzu-umidlarini aks ettiruvchi koʻzgudir. Shu bois ham mamlakatimizda 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanishi xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz va Vatan himoyachilari qalbida cheksiz iftixor tuygʻusini uygʻotib kelmoqda. 

Ushbu sana munosabati bilan Jonajon Oʻzbekistonimizning janubiy sarhadlari va qalqoni sanalgan Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy tadbir oʻtkazildi. “Ona tilim — faxrim va gʻururim!” shiori ostida oʻtgan uchrashuvda tildagi soflik, milliy oʻzlik hamda harbiy maʼnaviyatni yuksaltirish masalalariga bagʻishlandi.

Muloqotda harbiy qism masʼullari hamda harbiy mutaxassislar tomonidan oʻzbek tilining boy tarixi, uning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni va bugungi davlat tili maqomidagi taraqqiyoti haqida batafsil maʼlumot berildi. Harbiylar oʻzbek tiliga bagʻishlangan sheʼrlarni yoddan oʻqib, hikmatli soʻzlarni va milliy adabiyotimizdan parchalarni yodga olishdi.

Mashgʻulot davomida harbiy xizmatda qoʻllaniladigan buyruq va nizamnomalarning oʻzbek tilidagi sofligi va aniqligini taʼminlash, harbiy xizmatchilar oʻrtasida badiiy hamda harbiy-tarixiy kitoblarni oʻqishni ommalashtirish va ona tiliga boʻlgan hurmat orqali Vatan sarhadlarini koʻz qorachigʻidek asrash tuygʻusini yanada kuchaytirish kabi ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi. Vatan himoyachilari oʻzlarining bilim va mardligi bilan nafaqat mamlakatimiz tinchligini, balki maʼnaviy boyligimiz boʻlmish ona tilimiz sofligini ham munosib himoya qilishga tayyor ekanliklarini namoyon etishdi. Zero, ona tili — millatning ruhi, Vatan sarhadlarining va maʼnaviyatining mustahkam qalqonidir!

Islomjon Muxamadaliyev,

harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining navbatdagi...

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...
KunTun
KunTun