Termizda “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi

Date:

Aholiga kadastr xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish, huquqiy xabardorligini oshirish va murojaatlarni tezkor hal etish maqsadida Termiz shahrida “Kadastr maslahat burchagi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur burchakda aholi va tadbirkorlarga kadastr xizmatlaridan foydalanish tartibi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kadastr hujjatlarini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amaliy tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.

Yangi xizmat turi fuqarolarning turli idoralarga qayta-qayta murojaat qilishining oldini olib, vaqt va mablag‘ni tejashga, ortiqcha ovoragarchiliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

“Kadastr maslahat burchagi” aholining muammosini joyida tinglash va hal etish, inson qadri hamda manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy tashabbuslardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun