Сhang bo‘ronlari chekinadimi?

Date:

Termiz shahrida qum va chang bo‘ronlari, shuningdek, havo ifloslanishining salbiy ta’sirini kamaytirish, aholining iqlim xavflariga chidamliligini oshirishga qaratilgan amaliy choralar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan “Termiz shahrida qum va chang bo‘ronlari hamda havo ifloslanishiga chidamlilikni oshirish” loyihasi doirasida texnik maslahat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi vakillari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Yig‘ilishda BMT Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP), Finlyandiya Meteorologiya instituti (FMI) hamda O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida xavflarni baholash, havo sifati monitoringini kuchaytirish, erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish, mahalliy moslashuv choralarini amalga oshirish va manfaatdor tashkilotlar hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun