Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Date:

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda shahrida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Odiljon Yaqubov Tojikiston xalqi va Tursunzoda shahri aholisini qutlab, ikki qardosh xalqni birlashtirib turuvchi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Bayram dasturi doirasida Tojikiston san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari, raqs va badiiy chiqishlari namoyish etilib, tantanaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbir do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun