Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Date:

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasining Tursunzoda shahrida bo‘lib, mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari shahardagi bunyodkorlik ishlari, zamonaviy inshootlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda. Jumladan, 500 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan “Bog‘i Somon” uzumchilik korxonasi o‘rganilib, unda “Shohona”, “Rizamat” va “Prezident” kabi uzum navlarini yetishtirish tajribasi bilan tanishildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun