Ehtiyojmand oilaga munosib turmush sharoiti yaratildi

Date:

Aholining turmush farovonligini oshirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Muzrabot tumanining Do‘stlik mahallasida ana shunday ezgu ishlarning yana bir namunasi amalga oshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda viloyat va tuman mutasaddilari ishtirokida II guruh nogironi Xolmirza Rahmonovning to‘liq ta’mirlangan xonadoni foydalanishga topshirildi.

Qisqa muddatda uy zamonaviy qiyofaga keltirilib, oila uchun qulay sharoitlar yaratildi. Farzandlar ta’lim olishi uchun alohida dars xonasi, oilaning barqaror daromad topishini ta’minlash maqsadida esa tikuv xonasi tashkil etilib, zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.

Tashrif yakunida viloyat hokimi oila a’zolari, xususan, farzandlar bilan samimiy suhbatlashib, ularga kitoblar va esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Mazkur tashabbus ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlarning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun