Navbatdagi manzil 14-sonli DMTT

Date:

Muzrabot tumanida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Viloyat seminarining navbatdagi manzili Do‘stlik mahallasida rekonstruksiya qilingan 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Prezidentimizning 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida yangidan bunyod etilgan muassasada bolalarning sifatli ta’lim olishi, xavfsiz muhitda tarbiyalanishi hamda mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Seminar ishtirokchilari zamonaviy jihozlangan guruh, o‘quv va o‘yin xonalari, oshxona, musiqa hamda sport mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan xonalar bilan tanishdi.

Tashrif yakunida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda zamonaviy ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish va aholiga munosib shart-sharoitlar yaratish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun