Zamonaviy ta’lim tizimida malakali va tashabbuskor pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Surxondaryoda bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman va shahar bosqichlarida saralangan 30 nafar pedagog ishtirok etib, kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi, pedagogik faoliyati hamda zamonaviy ta’lim usullarini qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Mazkur tanlov ilg‘or o‘qituvchilarni aniqlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish, eng yaxshi pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifati va o‘qituvchi kasbining nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

