“Jasorat maktabi” – munosib voris tayyorlaydi

Date:

Bugungi kunda yoshlarni Vatanga sadoqat, jasorat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik loyihalari nafaqat yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki ularda harbiy kasbga qiziqish hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlaydi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” yozgi harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini muvaffaqiyatli yakunlandi. Surxondaryoning turli hududlaridan saralab olingan 100 nafar yosh o‘n kun davomida saf, taktik va jismoniy tayyorgarlik, qurol-aslaha hamda harbiy texnikalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Yig‘in davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar va “Rahbar va yoshlar” mavzusidagi ochiq muloqotlar tashkil etilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning fikrini eshitish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Yakuniy marosimda faol ishtirok etgan yoshlar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Jasorat maktabi” loyihasi yosh avlodda vatanparvarlik, intizom va liderlik fazilatlarini shakllantirish, ularni kelgusida munosib Vatan himoyachilari etib tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun