“Imkoniyat cheklanmagan”

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Imkoniyat cheklanmagan” aksiya-yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan yoshlarning qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilib, ularning ijodiy ishlari mutaxassislar tomonidan baholandi. Ishtirokchilar o‘z iste’dodi va mahoratini namoyish etib, tayyorlagan mahsulotlarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mehnati munosib e’tirof etildi.

“Imkoniyat cheklanmagan” aksiya-yarmarkasi imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va salohiyatini keng targ‘ib etish hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun