Baholash tizimi takomillashtiriladi

Date:

Ta’lim sifatini oshirish, baholash jarayonining shaffofligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida O’zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko’ra, 2026–2027-o’quv yilidan boshlab bakalavriat va magistratura talabalarining bilimini baholash 100 ballik tizim asosida amalga oshiriladi. Unda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball, yakuniy nazorat uchun esa 50 ball ajratiladi.

Shuningdek, professor-o’qituvchilar har bir baholangan topshiriq bo’yicha talabaga qisqa izoh (fidbek) berishi belgilanmoqda. Yakuniy imtihonlar audio va videokuzatuv ostida o’tkazilib, ularni oliy ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.

Loyihada kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, talabalar fikrini muntazam o’rganish hamda ko’rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun qulay va moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish ham nazarda tutilgan.

Mazkur o’zgarishlar oliy ta’limda shaffoflikni kuchaytirish, baholashning xolisligini ta’minlash va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...

Muzrabotda qurilish loyihalari ko‘zdan kechirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Sherobodda ichki ishlar xodimlari e’tirof etildi

25-oktyabr kuni Sherobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi...

Uzunlik xotin-qizlar Jizzaxda gulchilik tajribasini o‘rganmoqda

Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mirzayeva...
KunTun
KunTun