Yangi o‘quv markazi — yangi imkoniyatlar!

Date:

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov boshchiligida, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasida yangi o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv markazi tashabbuskor Umirov Abdullo Abdumalikovich tomonidan “Ko‘mak” loyihasi doirasida taqdim etilgan 130 million so‘mlik ssuda mablag‘lari hisobidan tashkil etildi. Ingliz tili fani bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tashabbuskor tomonidan markazda yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Tadbir davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun