Aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, sohada shaffoflikni oshirish va xizmatlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida Prezident farmoni bilan ichimlik suvi ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tartiblar belgilandi.
Unga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati hududiy hokimliklardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi. Shuningdek, markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘ini joriy etish iqtisodiy jihatdan samarasiz hududlarda suvni maxsus texnikalar orqali yetkazib berish va suv shoxobchalarini tashkil etish kabi muqobil yechimlar qo‘llaniladi.
Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-apreldan budjet tashkilotlari uchun respublika bo‘yicha yagona tariflar joriy etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy masofadan ma’lumot uzatuvchi suv hisoblagichlarini o‘rnatish, ichimlik suvini tejash hamda sohada hisob-kitob va nazorat tizimini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

