Davlat ko‘magi — rivojlanish omili

Date:

Yoshlarning tadbirkorlikka jalb etilishi, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-60, PQ-61 va PQ-62-sonli qarorlari asosida imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i Farxod Xalmuratov ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning erishayotgan natijalari, mavjud imkoniyatlari hamda duch kelayotgan muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...

Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha...

Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va...

Ta’lim boshqaruvida yangi tizim: yagona vazirlik oldidagi vazifalar

O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga...
KunTun
KunTun