Oltinsoyda yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

Date:

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar Oltinsoy tumanida o‘z samarasini bermoqda.

Tumanda faoliyat boshlagan “Eʼzoza Bakery” korxonasi zamonaviy uskunalar asosida turli xil non mahsulotlari, shirinliklar va pishiriqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Korxona nafaqat isteʼmolchilarga sifatli mahsulotlar yetkazib bermoqda, balki yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini taʼminlash va hududning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun