Shifoxona yo‘li soz

Date:

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga olib boruvchi yo‘l hamda Beruniy ko‘chasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yo‘l chetiga o‘rnatilgan latoklar atrofini tartibga keltirish, hududni tekislash hamda yo‘lni asfalt qoplamasi yotqizishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich bajarilmoqda.

Qurilish jarayonida yo‘lning mustahkamligini ta’minlash, suv oqimlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va qoplamaning uzoq muddat xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududda harakatlanish yanada qulay va xavfsiz bo‘lishi, ayniqsa markaziy shifoxonaga qatnovchi fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun