Olimalarimiz xalqaro grant g‘olibi

Date:

Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (IICAS) tomonidan 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan grantlar tanlovi natijalari e’lon qilindi. Tanlov yakuniga ko‘ra, TISU tarix kafedrasi dotsenti Mavlyuda Fayzullayeva hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, PhD Moxirux Xoshimxo‘jayeva “Janub ta’mlari: Surxondaryo milliy o‘zbek taomlari bo‘ylab vizual sayohat” nomli loyiha bilan grant g‘olibi bo‘lishdi.

Etnografik-illyustrativ albom shaklida amalga oshiriladigan loyiha Surxondaryo viloyatining boy gastronomik merosini ilmiy va vizual yondashuv asosida yoritishga qaratilgan. Ushbu nashr milliy taomlarimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, madaniy merosni asrash hamda gastronomik turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun