Loyihalar start oldi

Date:

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida qator loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ayni ishlar bilan tanishdi va qator yangi loyihalarga start berdi.

Jumladan, “SAG Agro Jarqo‘rg‘on” MCHJ tomonidan 1 670 gektar maydonda amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 20 million AQSH dollari bo‘lgan bog‘dorchilik loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha doimiy 150 nafar, mavsumiy esa 400 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, har yili 400 tonna bodom yetishtirilishi va 2 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Keying manzilda “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasiga tegishli “Kakaydi” neft konining 2-sonli qudug‘idagi neft qazib olish ishlari bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Mutasaddilar tomonidan mahsuldorlik darajasi va zaxiralar holati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Tashrif doirasida tumanning “Kunchiqish” mahallasida “Agro qurilish” MCHJning “Surxon Park” dam olish maskani, “Markaziy Surxon” mahallasida “Chinni Oy Servis” MCHJning logistika markazi shuningdek, “Omad Denov” xususiy korxonasining qurilish materiallari savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Hududlarga tashrif yakunida Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi qurilish jarayonlari o‘rganilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kurash qizgʻin pallada

“Boysun bahori” turizm kompleksi hududida milliy kurash bo‘yicha qizg‘in...

Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir...

Sport va an’analar uyg‘unligida

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq...

Gran-pri va Istanbul sari yo‘l!

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan nufuzli ko‘p yo‘nalishli xalqaro...
KunTun
KunTun