Sohalarni yemirmay…

Date:

Bugungi kunda korrupsiya dunyo miqyosida eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. U faqat iqtisodiyotni emas, balki davlat boshqaruvi, adolat tizimi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa muhim sohalarni ham yemirib boradi. Korrupsiya bor joyda shaffoflik va adolat buziladi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurashish — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Jamiyatda adolat, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish alohida ahamiyatga ega.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi yuzasidan Termiz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari rahbarligida, hokimlik apparat xodimlari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy ta’siri, oqibatda yuzaga keladigan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy muammolar xususida to‘xtaldi. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat mas’ul idoralar emas, balki keng jamoatchilikning faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilish yakunida xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Korrupsiyaning oldini olish, xizmatda oshkoralik va qonunbuzarlikka murosasiz munosabatda bo‘lish muhimligi qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlarini balki, har bir fuqaroning mas’uliyatiga kiradi. Agar har bir inson o‘z hayotida halollikni ustuvor qilib olsa, jamiyatda korrupsiya illatiga o‘rin qolmaydi.

Shu boiski, jamiyatda har birimiz halollikni asosiy qadriyat sifatida qaror toptirishimiz zarur.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun