66-maktabning sport zali xizmatga shay

Date:

Denov tumanidagi ushbu maktabning sport zali yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. 2024-yil “Ochiq budjet” portali orqali 1 360 million so‘mlik sport zali qurish loyihasi tashabbusi eʼlon qilinib, maktab eng koʻp ovoz yigʻish orqali gʻolib deb topilgan edi.
Shundan so‘ng, amaliy sa’y-harakatlar boshlanib, qisqa vaqt ichida sport zalida qurilish ishlari yakuni yetkazildi. Viloyat hokimi onlayn tarzda zamonaviy sport zalini ochib berdi.
Sport zalining ochilish marosimi tantanali tadbirga aylanib, maktabda faoliyat koʻrsatgan mehnat faxriylari, mahalla faollari hamda tegishli masʼul idora vakillari ishtirok etishdi. Albatta, maktab o‘quvchilarning quvonchi cheksiz, endilikda ular barcha shart-sharoitlari mujassam bo‘lgan sport zalida vaqtlarini mazmunli o‘tkazishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun