Quvonchi qo‘shaloq bo‘ldi

Date:

Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar deyishadi. Ammo, “Nafosat” raqs ansamblining go‘zal qizlari haqida bunday deb bo‘lmaydi. Sababi, ularning ustozlari Dilnoza Normamatova tajribali va iqtidorli xareograf. Shogirdlariga talabchan va qattiqqo‘l. Istaganidek raqs chiqmadimi, izlanishdan, o‘rgatishdan to‘xtamaydi. Qo‘l uchida qilingan ishni xush ko‘rmaydigan ustoz tayyorlagan raqqosa qizlar ham chaqqon va iqtidorli.
Sahnaga chiqqach, tomoshabin e’tiborini jalb qilmasdan qolmaydi. Har bir harakatlari nafis va nozik. Har bir chiqishlari esa bir asarga teng. Toshkent shahrida o‘tkazilgan “DANCE FUSION” xalqaro festivalida ham viloyatmiz “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Nafosat” raqs jamoasi munosib ishtirok etdi.
Jamoa “Jamoaviy raqs” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlov gran-prisini ham qo‘lga kiritdi. Asosiysi, muvaffaqiyatlar va jamoaning quvonchi qo‘shaloq bo‘ldi. Raqs jamoasi rahbari Dilnoza Normamatova ham milliy raqs yo‘nalishida “Eng yaxshi milliy raqs xoreografi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jasorat maktabi” —zamonaviy maskan

Mamlakatimizda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat,...

“Men — donorman”

“Men — donorman” shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi...

Zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari rivojlantiriladi

Prezidentimizning 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmoni ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida...

Xush vaqtingiz noxush bo‘lmasin

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida suv...
KunTun
KunTun