Charos mutlaq g‘olib

Date:

Barchin manaman degan alpni bir ko‘tarib, yerga uradi-da, o‘zbekning qizi qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yadi. O‘zbekning qizi shunday bo‘lsa, alplari, alpqomat o‘g‘lonlari qanday bo‘larkin, degan savol tug‘iladi. Dostonlarda bo‘rttirish, maqtovlarga keng o‘rin berish holatlari uchrashi mumkin, ammo Alpomish-u Barchinga berilgan ta’rif-u tashbehlar aslo bo‘rttirish emas. Buni alplar avlodi bo‘lmish mard yigitlarimiz-u, Barchin qizlarimiz isbotlab turibdi. Ular maydonga tushsa, ajdodlaridan kam olishmaydi, mag‘lublik bilishmaydi.
Buni Qashqadaryo viloyatida o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi misolida bilish mumkin bo‘ldi. Murosasiz va qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqada vohamiz yoshlari ham bo‘sh kelishmadi.
Qiz bolalar o‘rtasida Jarqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Charos Abdullayeva 1-o‘rin bilan mutlaq g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 100 kilogramm vazn bo‘yicha Angor tumani 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Azimjon Hamroyev esa 3 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik choralari ko‘rilganmi?

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod...

Ekologik madaniyat amalda

Har qanday targ‘ibotning samarasi, avvalo, uni olib borayotganlarning o‘z...

Ishlar jadallashmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida joylashgan Oks...

Qat’iy choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyatida sud qarorlariga asosan egasiz deb topilgan kontrafakt...
KunTun
KunTun