Jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi

Date:

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Davlat dasturining 64-maqsadi, 202-bandiga asosan hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida tashkil etishga oid vazifalar ijrosi bo‘yicha Termiz shahrida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.


Ushbu jamoatchilik eshituvida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari, Angor, Jarqo‘rg‘on, Termiz tumani hamda shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari va koordinatorlari ishtirok etdi. Yuksalish harakati Surxondaryo hududiy bo‘linmasi rahbari Gulmira Amirova so‘zga chiqib, o‘tgan yilda davlat dasturining yil davomida aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha hududlarda o‘rganish ishlari olib borilganligi haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng, ushbu o‘rganishlar natijasida yuzaga kelgan mavjud muammolar va qilinishi kerak bo‘lgan hamda qilingan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.


Xususan, kun tartibidagi asosiy masala aholiga birlamchi tibbiy xizmatni yaqindan ko‘rsatish belgilangan va 2023-yilda 13 ta oilaviy shifokorlik punkti va 2 ta oilaviy poliklinika tashkil etilgan. Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 15 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 104 ta oilaviy shifokorlik punkti va 70 ta oila shifokorlik punkti faoliyat olib bormoqda va aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatilayotir.
Tadbir yakunida Jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Dinara Qo‘zimurotova
Tohir Aliqulov
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun