Boshlang‘ich sinflarda ham…

Date:

Fan olimpiadalari odatda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ularning ma’lum fandan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Birinchi bor olimpiadada ishtirok etayotgan o‘quvchi g‘olib bo‘lishdan ko‘ra malakasini oshirish, tanlov shartlari va talablari haqida, qolaversa, ishtirok hayajoni bilan bor iqtidorini namoyon eta olmasligi ham haqiqat. Bordi-yu, mana shunday fan olimpiadalari boshlang‘ich sinflardanoq o‘tkazilishi an’ana tusini olsa, bu yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini o‘tashi, mahoratini oshirishi aniq.
Shu maqsadda Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining tashabbusi bilan tumanda ilk bora boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili, ona tili, matematika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi umumta’lim maktablarining 300 nafarga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Olimpiada so‘nggida g‘oliblar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun