Hamshira–2024: mahoratlar sinaldi

Date:

Eng birinchi davo shirin so‘zdir. Shu sababdan ham bemor bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan hamshiralardan shirinsuhanlik, tavoze’lik bilan muloqotda bo‘lish talab etiladi. Bundan tashqari, hamshiralar o‘z ishini yaxshi bilishi, bilimli va tajribali bo‘lmog‘i talab etiladi. Hamshiralarga eng yaxshi bahoni esa “Hamshira yil tanlovi” beradi.
Bu yilgi “Hamshira–2024” ko‘rik-tanlovida hamshiralar o‘z bilimini amaliyotda qo‘llash mahoratini ko‘rsatishdi. Har bir nomzod g‘oliblikka munosib. Ana shunday qiyin vaziyatda 1-o‘rinni gemodializ hamshirasi Lobar Karimova egalladi va ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
— Hamshira–2024 ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishidan maqsad, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi hamshiralik ishi bo‘yicha bosh mutaxassis Zulfiya Allamurodova. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, strategiyada belgilangan ustuvor vaziflarning mazmun-mohiyatini hamshiralar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, kasbiy bilim va malakalarini oshirib borish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishdir. Men ham ushbu tanlovda ishtirok etib, bor bilimim va mahoratimni, kasbimga bo‘lgan mehrim va e’tiqodimni ko‘rsata oldim deb o‘ylayman. Va shukrki, mehnatim besamar ketmay, g‘oliblar safida bo‘ldim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun