Og‘riqli muammo hal bo‘ldi

Date:

Yoshlar sifatli ta’lim olishi uchun hech bir muammoga duch kelmasligi kerak. Buning uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilib kelinayotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Ayniqsa, yurtboshimizning ta’lim tizimiga oid topshiriqlarini bajarish borasida viloyat hokimi U.Qosimovning hissasi salmoqli bo‘lib, viloyatimizda yangidan-yangi bilim maskanlari qad rostlamoqda.
Oltinsoy tumanida ham mana shunday xayrli ish boshlandi. Sababi tumandagi «To‘xtamish» mahallasida yashovchi aholining, ayniqsa, o‘quvchilarning og‘riqli muammosi hal bo‘ladigan bo‘ldi. Viloyat hokimining tashabbusi bilan Davlat dasturidan tashqari 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 80 o‘ringa mo‘ljallangan bolajonlar uchun qo‘shimcha yangi filiali quriladi.
Ezgu ishlar boshlanishi oldidan jonliq so‘yilib, ehson qilindi. Ushbu yangi bilim maskanini “Uzun meʼmor qurilish” MCHJ rahbari A.Abdurasulov rahbarlik qilayotgan quruvchilar amalga oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi

Yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda ularning o‘zaro...

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...
KunTun
KunTun