Mahallada “Yoshlar kutubxonasi”

Date:

Kitob o‘qish yoshlar tarbiyasida, ongu shuurida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga, dunyoqarashining o‘sishiga xizmat qiladi. Bo‘sh vaqtimizda faqat kitob bilan do‘stlashishimiz, mutolaani kanda qilmasligimiz kerak. Ana shundagina bu takrorlanish sevimli mashg‘ulotga aylanadi.
Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlari esa o‘z natijasini berib, kitobxon yoshlar safini kengaytirayotir. Angor tumanida viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad ham shu, albatta. Yoshlarning huquqiy, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida “Yoshlar kutubxonasi” tashkil etish ezgu g‘oyasi ilgari surildi. Bunday ezgu ishga Angor tumanidagi O‘zbekiston mahallasi tanlab olindi va yangi ziyo maskaniga huquqiy, siyosiy, badiiy kitoblar, shuningdek, huquqiy qo‘llanmalardan iborat 200 dan ziyod kitoblar topshirildi.
Ochilish marosimi mahalla ahli uchun katta bayramga alanib ketdi. Ma’naviyat tantana qilgan mahallada tuman hokimi Qosim Mardonov va viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Sunnatilla Abdurasulov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Albatta, yoshlarning huquq sohasidagi bilimlarini oshirib borishda taqdim etilgan huquqiy va badiiy kitoblarning ahamiyati katta.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Senator, deputat va yoshlar uchrashuvi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Senator, deputat va yoshlar”...

Biznes sirlari ochildi

Robert Kiosakining “Boy ota va kambag‘al ota” asarida shunday...

Ta’limni “jonlantirish” uchun “lallaygan” va “shalpaygan”lardan tozalash kerak!

Maktabni, qo‘limga ilk bor qalam tutqazib, yozishni, chizishni, o‘qishni...

Ekologik tarbiya muhim

Tabiatni avaylab asrash, u ehson etgan ne’matlardan oqilona foydalanish...
KunTun
KunTun