Uzilishlarga chek qo‘yildi

Date:

Qachonlardir elektr energiyasiz yashagan odamlarning avlodlari shart-sharoit va imkoniyatlar bilan siylangan. Bugun elektr energiyasiz kunimiz tugul soniyamizni ham tasavvur eta olmaymiz. Svet o‘chishi bilan ko‘nglimiz ham zulmatga burkangandek bo‘ladi. Qolaversa, uyimizni isitishu sovutish, boshqa ehtiyojlarimiz ham ayni elektr energiyasi bilan bog‘liq.
Shunday ekan, elektr energiyasinig uzluksiz ravishda uzatilishini ta’minlanlash shart va zarurat. Sariosiyo tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyaga bo‘lgan talabini yaxshilash maqsadida “Xazarbog‘-1” podstantsiyasidagi mavjud 5 600 kVA kuch transformatorini 10000 kVA transformatoriga almashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada uzilishlarga chek qo‘yilishi bilan birga, elektr energiyasining sifati ham yaxshilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

2027-yil hosiliga tayyorgarlik boshlandi

Muzrabot tumanida kelgusi yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlari...

“Metodik marafon”: pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan pedagoglarning kasbiy mahoratini...

Yo‘limiz tozaligi uchun!

Boysun tumanida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhit ozodaligini ta’minlash...

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...
KunTun
KunTun