500 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi

Date:

Daromad topishning, mahsulot xaridorgirligini oshirishning eng asosiy sabablaridan biri uni iste’molchiga qanday taklif qilishdadir. Yurtimizdagi mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlarning eksport qilayotgan tovar va xomashyolari eksort qilinayotganda sifatli yetkazish maqsadida uni qadoqlash lozim. Ayni jihatlar xorijiy investorlar e’tiborini jalb qilib, yangidan-yangi loyihalarning amaliyotga joriy etilishiga xizmat qilayotir.
Uzun tumaniga Rossiya davlatidan 26 yillik tajribaga ega bo‘lgan “ХИМПЭК” kompaniyasi vakillari tashrif buyurib, kompaniya yirik sanoat yuklari uchun katta hajmli polimer qadoqlash qoplari ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirmoqchi. Investorlar aynni maqsadda tumandagi biznesga qulay bo‘lgan bir nechta obektlarning sharoiti bilan tanishdilar. Mazkur polimer qadoqlash qoplari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilsa, 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun