Mehnatga layoqatsizlik varaqalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi

Date:

Gripp avj oladigan mavsumda og‘rib qolsak, davolanmasak bo‘lmaydi. Shu bois, biroz muddat ishdan qolishga majbur bo‘lamiz. Hamma narsaning ham hisobi bor deganlaridek, bilamizki vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik ma’lumotnomasi kerak bo‘ladi. Betob bo‘lishimizga qaramay, yana qog‘ozbozlik bilan ovora bo‘lishimiz ham kerak. Bu shifoxonada turnaqator bo‘lib navbat kutishga to‘g‘ri keladi. Endilikda ana shunday sarsongarchilikning oldi olinib, xalqimiz uchun qulay imkoniyat yaratildi. Ya’ni shifoxona yoki uyda davolanish jarayonida ish haqidagi ma’lumotnomani elektron shaklda taqdim etishimiz biz bemorlar uchun ham, shifokorlar uchun ham qulaylik bo‘ldi.
2022-yil 1-sentyabrdan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yurtimizda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish test-rejimida amaliyotga tatbiq etilgan edi. Hozirga kelib, bu jarayonlar to‘liq yakunlanib, 2024-yil 1-yanvardan respublikaning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish belgilandi.
Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reestri” (my.gov.uz) axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy ta’minotiga elektron shaklda yuboriladi.
Xususiy tashkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini olish uchun Mehnat.uz axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy ta’minotiga integratsiya qilingan bo‘lishi lozim.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyat eshik ochsa…

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan...

Munosib ishtirok

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III...

“Dala cheti madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash...

Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun