Farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi

Date:

Dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish ham tadbirkorlikning bir yo‘nalishi sifatida qaralar ekan, unutmaslik kerakki, bu yo‘nalishning xaridorlari bemorlar. Ularning sog‘ligi esa dori ishlab chiqaruvchilardan o‘z ishiga mas’uliyat, javobgarlik hissi ila xalqaro standartlar talablari asosida ishlashni talab etadi. Sababi, hali “Dok-1 Max” mashmashasi yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Bu esa aholini xushyorlikka undab, har qanday dori vositalarini do‘kondan shirinlik sotib olgandek xarid qilavermaslik kerakligini anglatib qo‘ydi.
Ayni shunday holatlarga duch kelmaslik maqsadida “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-20-son, 23.01.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot sifatida e’tirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi.
Qolaversa, dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan lisenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba vakolatli organni xabardor etish orqali nazorat qilish tartibi joriy etiladi.
Bu bilan kifoyalanmay, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi. Yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun