54 ish o‘rni yaratildi

Date:

Tadbirkor elga madadkor deyishadi. Haqiqatan ham tadbirli insonlarning tashabbus va g‘oyalari, loyihalari nafaqat uning o‘ziga, balki elu xalqqa ham foyda keltiradi. Ishbilarmon, serg‘ayrat tadbirkor Tojinor Ishonqulova ham aynan shunday. Tadbirkor ayolni sho‘rchiliklar yaxshi taniydi va hurmat qilishadi. Sababi opaning tumandagi “Sevimli” savdo majmuasi aholi xizmatida bo‘lib, u yerda barcha qulayliklar yaratilgan.
Tojinor Ishonqulova bu bilan kifoyalanmay, o‘z ishini kengaytirdi va navbatdagi “Sevimli-2” savdo majmuasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijasi esa quvonarli bo‘ldi. Savdo majmuasi ish boshlashi bilan 54 nafar ishsiz ishli bo‘ldi. Birinchisidan aslo qolishmaydigan majmuada ming turdan ziyod mahsulotlar o‘rin olgan bo‘lib, ishchi-xodimlarning qo‘li-qo‘liga tegmay, xaridoru mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan band.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda istiqlol taronalari yangradi

Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon...

“Bukhara Open”dan 10 medal

Buxoro shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Bukhara Open” VII xalqaro...

Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining...

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...
KunTun
KunTun