Xush kayfiyat ulashib…

Date:

Yaxshilik ulashib yashash, ko‘ngilga xushnudlik baxsh etadi. Qolaversa, atrofdagilar ham mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ulari hali-hamon yashayotganiga amin bo‘ladi. Albatta, savobli ishlar ko‘ngil amri bilan amalga oshmog‘i lozim.


Shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelayotgan obodonlashtirish xodimlarining mehnatiga har doim ham e’tibor beravermaymiz. Ammo, ularning issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, obodlikka hissa qo‘shishlari tahsinga sazovor ish. Termiz davlat universiteti talabalari ezgu tashabbusga qo‘l urib, obodonlashtirish xodimlariga xush kayfiyat ulashishmoqda.


Erta tongdan ish boshlagan soha mehnatkashlariga issiq qahva va shirinliklar ulashishgani e’tiborning go‘zal ko‘rinishi bo‘ldi deyish mumkin. hol-ahvol so‘rash bahonasida dildan suhbat qurildi, kayfiyatni ko‘taruvchi kuy-qo‘shiqlar kuylashdi. Bunday yo‘qlov, samimiy munosabatdan ularning ko‘ngli shodlikka to‘ldi. Albatta, xayru ehson, savob ish qilish uchun katta miqdordagi mablag‘ emas, balki ko‘ngildan qilingan e’tiborning o‘zi kifoya.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun