“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”

Date:

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” shiori ostida huquqiy aksiya o‘tkazilayotir. Ayniqsa, fuqarolik pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va shu kabi hujjatsiz yashab kelayotgan fuqarolar uchun ushbu aksiya ayni muddao bo‘ldi. Aksiya doirasida Denov tumani adliya bo‘limi 2-sonli FHDY bo‘limi tomonidan tumanning “Totuvli” mahallasida 2020-yildan buyon sha’riy nikoh asosida yashab keluvchi M.Rasulov va R.Murotovalarning nikohi qonuniy rasmiylashtirilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma topshirildi.
Aytish kerakki, nikoh qonuniy rasmiylashtirilmas ekan, ulardan dunyoga keladigan farzandlarning tug‘ilganligi qayd etilmay qolaveradi. Bu esa ortiqcha tushunmovchiliklar, sarson-sargardonchilikka sabab bo‘lishi aniq. 6 yildan ortiq vaqt o‘tishiga qaramasdan sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan Ch.Mashkurov va Sh.Bobanazarovalarning nikohi ham qonuniy rasmiylashtirmaganligi uchun 5 yoshli farzandining shu kunga qadar tug‘ilganligi qonuniy qayd etilmagan edi. Aksiya bahonasida ushbu oilaning nikohi qonuniy qayd etilib, farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan hech bir fuqaro xabarsiz qolmasligi kerak. Shu maqsadda tizim xodimlari tomonidan aholi gavjum joylarda, savdo komplekslari, avtobus va poyezd bekatlari hamda bozorlarning kirish joylariga aksiya mazmuni bo‘yicha tayyorlangan e’lonlar joylashtirildi hamda aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Aksiya 20-martga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun